Savdo agenti — Joonies, Buxoro
🩵 Joonies Buxoro jamoasiga Buxoro shahri va tumanlari bo‘yicha savdo agenti ishga taklif qilamiz!
Joonies — bolalar gigiyenasi mahsulotlari yo‘nalishidagi premium brend. Buxoro hududida distribyutsiyani kengaytirish uchun faol, mas’uliyatli va savdoga qiziqadigan xodim izlayapmiz.
📍 Ish hududi:
Buxoro shahri va Buxoro viloyati tumanlari
📋 Asosiy vazifalar:
🔹 Belgilangan hudud bo‘yicha savdo nuqtalarini aylanib chiqish
🔹 Bolalar do‘konlari, marketlar, supermarketlar va aptekalar bilan ishlash
🔹 Joonies mahsulotlarini mijozlarga taqdimot qilish
🔹 Yangi savdo nuqtalarini topish va hamkorlikka jalb qilish
🔹 Mavjud mijozlar bilan doimiy ishlash
🔹 Buyurtmalarni yig‘ish va qayta buyurtmalarni shakllantirish
🔹 Savdo nuqtalarida assortiment mavjudligini nazorat qilish
🔹 Mahsulotlarning to‘g‘ri joylashtirilishiga e’tibor berish
🔹 Belgilangan savdo rejasi va KPIlarni bajarish
🔹 Mijozlar bazasini muntazam rivojlantirib borish
🔹 Debitor qarzdorlikni nazorat qilish
❗️ Nomzodga talablar:
☑ 20–40 yosh
☑ Savdo sohasida tajribasi bo‘lsa afzallik beriladi
☑ Savdo agenti yoki FMCG/distribyutsiya sohasidagi tajriba katta ustunlik
☑ Yangi mijozlar bilan bemalol muloqot qila olish
☑ Muzokara olib borish va mahsulotni taklif qila olish
☑ Faol, chaqqon va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish
☑ Halol, mas’uliyatli va intizomli bo‘lish
☑ Telefon va Telegramdan yaxshi foydalana olish
☑ Buxoro shahri va tumanlariga chiqib ishlashga tayyor bo‘lish
🚗 Shaxsiy avtomobili va haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi afzal
💼 Biz taklif qilamiz:
🔸 Barqaror ish o‘rni
🔸 Oylik + KPI + savdodan bonus
🔸 Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati
🔸 Yoqilg‘i xarajatlari bo‘yicha alohida shartlar
🔸 Ish uchun kerakli mahsulot va savdo materiallari
🔸 Rivojlanayotgan premium brend bilan ishlash
🔸 Ahil jamoa
🔸 Kelajakda lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati
💰 Maosh: suhbat asosida
📈 Yaxshi natija ko‘rsatgan agent uchun daromad savdo natijasiga qarab oshib boradi.
📞 Murojaat uchun:
87-800-00-60
97-434-00-60
🩵 Joonies Buxoro — kuchli savdo jamoasini birgalikda quramiz!



